«azizbek urunov» tegli maqolalar


O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda — prezident
20 dekabr 2024, 16:13

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda — prezident

Prezident O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha “yakuniy bosqich”ga o‘tayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JST qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotganiga qaramay, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va adolatli raqobat muhitida ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratadi.

“Bu O‘zbekiston biznes hamjamiyati uchun aniq signal”. Bosh vazir o‘rinbosari — 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lish haqida
11 dekabr 2024, 13:37

“Bu O‘zbekiston biznes hamjamiyati uchun aniq signal”. Bosh vazir o‘rinbosari — 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lish haqida

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini 2026-yilgacha yakunlash uchun tashkilotga a’zo davlatlar bilan muzokaralarni tezlashtiradi, deya ta’kidlandi ishchi guruhning 9-yig‘ilishida. JST rahbari o‘rinbosari “a’zo mamlakatlarning xavotirlariga ochiqcha javob bo‘lgan” prezident farmonini eslab o‘tdi.

O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
10 dekabr 2024, 09:22

O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. “Biz O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini intiqlik bilan kutyapmiz va bu a’zolik unga ko‘proq savdo va investitsiyalar olib kelishiga ishonamiz”, — dedi Tailand vakili.

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
2 dekabr 2024, 14:22

O‘zbekiston JST bo‘yicha Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Filippin bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Filippin so‘nggi ikki oy ichida Toshkent muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biriga aylandi, dedi prezidentning JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov.

O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
29 noyabr 2024, 17:36

O‘zbekiston Xitoy bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov mamlakat tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaganini ma’lum qildi. “22 ta mamlakat bilan muzokaralar tugadi, ko‘p qolmadi”, — deb yozdi u. Avvalroq mamlakat AQSh bilan muzokaralarni yakunlagandi.

“Ba’zi rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga ham bir xil talab qo‘ymoqda” — JST bo‘yicha maxsus vakil
7 noyabr 2024, 17:54

“Ba’zi rivojlangan davlatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga ham bir xil talab qo‘ymoqda” — JST bo‘yicha maxsus vakil

JSTga a’zolik masalasida “tashkilotga yaqinda a’zo bo‘lgan davlatlar bilan muzokaralar olib borish osonroq, chunki ular bu jarayon naqadar murakkab ekanini hali unutishmagan”, — dedi prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov. U, shuningdek, notarif to‘siqlar muammosiga ham to‘xtaldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting